Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zarafshonda noqonuniy valyutafurushlarni tutish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi
Navoiy viloyati SVOJJDLQK departamenti Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni qo‘lga olish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi.
“Huquq” gazetasining ma'lum qilishicha, tadbir davomida savdo markazi hududida noqonuniy faoliyat olib borayotgan U. Isrofilov fuqaro S. Kolesnikdan 200 dollarni 612 ming so‘mga almashtirayotgan chog‘da qo‘lga olingan. Uning mashinasidan 1 mln 200 ming so‘m, 11 ming rubl va 6 997 dollar topilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudi tomonidan Isrofilov aybdor deb topilib, eng kam ish haqining ellik barobari miqdoridagi jarima jazosiga tortildi.