Jamiyat | 16:04 / 28.05.2015
1790
1 daqiqa o‘qiladi

“Ilhom” teatri Voronejda chiqish qiladi

Toshkentning “Ilhom” teatri 3-14 iyun kunlari Rossiyaning Voronej shahrida bo‘lib o‘tadigan Platonov nomli 5-xalqaro san'at festivalida Alisher Navoiyning “Sab'ai sayyor” dostoni asosida sahnalashtirilgan spektalni namoyish etadi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Sab'ai sayyor” dostoni Navoiyning “Hamsa”sini tashkil etuvchi besh dostondan biri bo‘lib, uning markazida shoh Bahromning sohibjamol Diloromga bo‘lgan muhabbati yotadi. “Ilhom” teatri badiiy rahbari Boris G‘afurovning so‘zlariga qaraganda, ushbu asar asosiga qurilgan spektakl orqali truppa syujyetga yangi chizgilar berishga harakat qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish