20:22 / 29.05.2015
2134

Amazon onlayn-do‘koni oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

Amazon kompaniyasi o‘zining mahsulotlari qatorini sezilarli kengaytirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri. Xususan, kompaniya xaridorlarga sut, boshoqli mahsulotlar va bolalar oziqasi taklif qilmoqchi. Bundan tashqari, kompaniya maishiy kimyo vositalari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, Amazon ushbu biznesini kengaytirishi an'anaviy riteylerlik modelini aks ettiradi. Unga ko‘ra do‘kon peshtaxtalarida onlayn-do‘konning mahsulotlari mashhur ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari bilan yonma-yon turadi.

Amazon may oyida Elements brendi ostida ishlab chiqariluvchi 20 dan ortiq mahsulotiga savdo belgisini olish haqida ariza topshirdi. Ular orasida qahva, sho‘rva, pasta, suv, vitaminlar, itlar oziqasi va xo‘jalik mahsulotlari bor. Elements brendi ostida birinchi bo‘lib bolalar tagliklari va nam salfetkalar ishlab chiqarilgan.

Top