15:44 / 29.05.2015
3068

Anchelottining iste'fosi sabab Krishtianu Ronaldu «Real»ni tark etishi mumkin

Madridning «Real» klubi  hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishi mumkin, deb yozmoqda Ispaniyaning nufuzli Don Balon nashri.

Ta'kidlanishicha, portugaliyalik futbolchining kayfiyatiga ko‘p narsalar ta'sir qilgan. Xususan, klub rahbariyati tomonidan Anchelottining iste'foga chiqarib yuborilgani unga ma'qul kelmagan.

Bundan tashqari, klub prezidenti Florentino Peres aksariyat muhim masalalarda yarim himoyachi Garet Beylni birinchi o‘ringa qo‘yishga urinayotgani ham Ronalduga manzur kelmagan. Shuningdek, Ronaldu «Real»ning bo‘lajak murabbiyi deb taxmin qilinayotgan Rafael Benites bilan birga ishlashni xohlamayapti.

Ronalduning «madridliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar mo‘ljallangan.

Top