21:11 / 29.05.2015
2933

AQSh yalpi ichki mahsuloti 0.7 foizga tushib ketdi

2015 yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra AQSh iqtisodiyoti 0.7 foizga qisqardi. Bu haqda mamlakat savdo departamenti iqtisodiy tahlil byurosi tomonidan chop etilgan raqamlardan ma'lum bo‘ldi.
Muassasa xabarnomasida aytilishicha, tushish iste'molchilar faolligining tushishi va eksport hajmining qisqarishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, xususiy investitsiyalar hamda shtatlar xarajatlari qisqargan. Bu holat qisman importning tushishi va federal hukumat xarajatlarining o‘sishi bilan qoplangan.
Bir oy muqaddam savdo departamenti joriy yilning yanvar-mart oylarida mamlakat iqtisodiyoti 0.2 foizga o‘sganini ma'lum qilgan edi. Ammo yakuniy hisobotda boshqacha sonlar aks etish kutilmoqda. Yakuniy hujjat iqtisodiy tahlil byurosi tomonidan iyun oyida taqdim etiladi.

Top