Jahon | 20:20 / 29.05.2015
1198
2 daqiqa o‘qiladi

Belarus va Pokiston hamkorlik haqida deklaratsiyani imzoladi

Belarus va Pokiston o‘zaro hamkorlik bo‘yicha Islomobod deklaratsiyasini imzoladi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmati axborot tarqatdi.
Xabarnomada aytilishicha, hujjat Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlariga ko‘ra imzolangan.

Ta'kidlanishicha, Lukashenko Pokiston tarafga Xitoy-Belarus sanoat parkida o‘z ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yishni taklif qilgan. U yerda dunyoning yetakchi kompaniyalari o‘z korxonalarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Ayniqsa Belarus Pokiston tomonidan bu hududda tikuvchilik va tekstil ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilishidan manfaatdorligi ta'kidlangan. “Sizning bu borada katta tajribangiz bor, – aytib o‘tdi suhbat chog‘ida Lukashenko. – Bizda esa buni yo‘lga qo‘yish uchun yaxshi baza shakllantirilgan. Va biz siz bilan birgalikda Yevropa markazida qo‘shma korxonalar ochishga tayyormiz”.
Shuningdek, Minskda Pokiston elchixonasini ochish borasida kelishuvga erishildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish