20:42 / 29.05.2015
5061

Birinchi mol tashuvchi poyezd Xitoydan Markaziy Osiyoga yo‘l oldi

28 may kuni Xitoydan Markaziy Osiyoga birinchi mol tashuvchi poyezd yo‘l oldi. Bu haqda “Jenmin Jibao” gazetasi xabar bermoqda.
Poyezd Lanchjou, Urumchidan Alashankougacha borib, keyin Qozog‘istonga, undan esa Turkmaniston va O‘zbekistonga o‘tadi. Safar vaqti taxminan 9-11 kunni tashkil qiladi; bu suv transporti orqali yuk tashishga ketadigan vaqtdan 25 kunga kamroqdir.
Chuntsin g‘arbidagi logistika parki boshqaruvi raisi, Lo Shutsyuanning so‘zlariga qaraganda, dastlabki 90 kun davomida poyezd oyiga bir marotaba safar qiladi, keyinchalik har ikki haftaga reyslar qo‘yiladi, kelajakda esa har hafta Markaziy Osiyoga poyezd jo‘natish rejalashtirilmoqda.
Bu poyezdning Chuntsin-Shinjon-Yevropa maxsus poyezdidan farqi shundaki, u O‘rta Osiyoning barcha besh respublikasidan o‘tadi. U bu yerlarga ham yuk yetkazib beradi, ham ushbu respublikalardan yuk olib ketadi.

Top