12:01 / 29.05.2015
2287

Google kompaniyasi GoPro bilan virtual reallik uchun video ishlab chiqish uchun kuchlarni birlashtirmoqda

Google I/O 2015 anjumanida Google kompaniyasi GoPro kompaniyasi bilan birgalikda virtual reallik uchun stereoskopik video yaratish uchun mo‘ljallangan qurilma ishlab chiqqanini ma'lum qildi.

Maxsus ushlagich va 16 ta GoPro kamerasi ko‘rinishadiga ushbu qurilma va Jump bulutli servisi avtomatik rejimda videooqimlarni sinxronlashtirish, streoskopik virtual reallik videosini olish uchun aniqlik, ranglar chuqurligi va balansini bir qolipga keltirish imkonini beradi.

Bu loyiha Google Cardboard kartonli virtual reallik ko‘zoynaklarining yangi versiyasi bilan birgalikda maktablar uchun mo‘ljallangan Expedition ta'lim loyihasi doirasida foydalanuvchilar uchun virtual reallik videosini ishlab chiqarish va hammabopligiga sharoit yaratishi kerak.

Top