07:07 / 29.05.2015
2047

IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi sessiyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 27-28 may kunlari Al-Kuvayt shahrida Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining 42-sessiyasida ishtirok etdi.

IHTga a'zo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashishdi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishdi va IHT faoliyatiga oid masalalarni ko‘rib chiqishdi.

TIVKda ishtirokchi davlatlar delegatsiyalari, qator xalqaro va milliy moliya institutlari rahbarlari ishtirok etdi.

Yalpi majlisda O‘zbekiston tomoni taklifiga ko‘ra IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 2016 yildagi navbatdagi sessiyasini O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Top