20:41 / 29.05.2015
2139

Ispaniya AQSh harbiy bazasini kengaytirishga rozi bo‘ldi

Ispaniya hukumati AQSh bilan mudofaa borasida yangi kelishuvga erishdi. Endilikda Moron-de-la-Fronterada joylashgan harbiy bazaga “Afrikadagi inqirozlarga javob qaytarish” maqsadida doimiy ravishda hamkorlikda qo‘llaniladigan baza maqomi berildi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari Sorayya Saes de Santamariya mahkama yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra muxbirlarga bergan bayonotida ma'lum qildi.

Yangi kelishuvlar keyingi hafta boshida Ispaniyaga AQSh davlat kotibi Jon Kerrining tashrifi chog‘ida imzolanadi.
Moron-de-la-Frontera harbiy bazasiga AQSh harbiy xizmatchilarini kiritish borasidagi shartnoma 1988 yili imzolangan. Shundan buyon shartnoma deyarli har yili uzaytiriladi. Bir paytning o‘zida bazada joylashtirilishi mumkin bo‘lgan AQSh harbiy xizmatchilari soni 850 kishini tashkil qiladi, ammo ixtilof kelib chiqqan paytda ularning miqdori 1.1 ming kishiga yetkazilishi mumkin.

Shuningdek, shartnomaga muvofiq, bazada AQShning 12 transport samolyoti, 4 yoqilg‘i quyuvchi samolyoti va bitta ko‘makchi samolyot joylashtirilishi mumkin.

Top