Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iyun oyida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 6ta tadbir o‘tkaziladi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida iyun oyida
o‘tkaziladigan tadbirlar nomi ma'lum qilindi. Keyingi oyda kutubxonada 6ta tadbir o‘tkaziladi.
1 iyun kuni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga
bag‘ishlangan “Bolalik olami” mavzusida tadbirlar va “Istiqbol” zalida
“Bolalik –beg‘uborlik timsoli” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
10 iyun kuni soat 15:00da majlislar zalida O‘zbekiston xalq
yozuvchisi, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat
xodimi Said Ahmad tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan “Inson ufqqa
intiladi” mavzusida xotira kechasi, “Tafakkur” zalida “Xalqimizning
qahramon adibi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
11 iyun kuni soat 10:00da majlislar zalida “Inson, uning
e'tiqodi, jamiyat, koinot taraqqiyoti muammolari va hozirgi zamon”
mavzusida ilmiy-nazariy seminar;
23 iyun kuni “Istiqbol” zalida Xalqaro olimpiada kuniga
bag‘ishlangan “Chempionlik – ko‘ngil ehtiyoji” nomli kitob-rasmli
ko‘rgazma;
26 iyun kuni “Istiqbol” zalida Butunjahon giyohvandlikka qarshi
kurash kuniga “Zahri qotil – inson umrining kushandasi” mavzusida kitob-
rasmli ko‘rgazma, kinomarkazda “Zulmat saltanati” nomli hujjatli film
namoyishi;
30 iyun kuni “Kashfiyot” zalida tarixchi va sharqshunos olim,
bibliograf, kitobshunos Yevgeniy Karlovich Betger hayotiga bag‘ishlangan
bibliografik obzor, “Kitoblarga baxshida umr” nomli adabiyotlar
ko‘rgazmasi.
Tadbirlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.