20:36 / 29.05.2015
1428

"Manchester Siti" Milner uchun haftasiga 165 ming funt maosh taklif qildi

"Manchester Siti" rahbariyati o‘z yarim himoyachisi Jyeyms Milnerni jamoada olib qolishga harakat qilmoqda.

29 yoshli futbolchining shartnoma muddati yakunlanib bormoqda va u shu yozda erkin agentga aylanishi mumkin. 

Jamoa futbolchiga haftasiga 165 ming funt to‘lashni nazarda tutuvchi 1 yillik shartnoma taklif qilgan, lekin futbolchi hali bunga qanday munosabat bildirgani ma'lum qilinmagan.

Xabarlarga ko‘ra, Milner puldan ko‘ra asosiy tarkibda ko‘proq o‘ynashni istamoqda.

Ayni paytda unga "Liverpul" jamoasidan qiziqish mavjud.

Top