Jahon | 20:56 / 29.05.2015
3668
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada birinchi Dedeman mehmonxonasi ochildi

Moskva shahrida Turkiyaning Dedeman Hotels & Resorts International xalqaro mehmonxonalar tarmog‘ining dastlabki mehmonxonasi ochildi. Tantanali ochilishi marosimi Rossiya poytaxtida 27 may kuni o‘tkazildi. Shu tariqa, kompaniyaga tegishli dunyoning turil burchaklarida joylashgan mehmonxonalar soni 16taga yetdi.

Bu – tarmoqqa mansub Rossiyadagi birinchi mehmonxonaning ochilishi.
Tadbirda Turkiyaning Rossiyadagi elchisi Umid Yardim, Moskva shahar milliy siyosat, mintaqalalaro aloqalar va mehmonxona xo‘jaligi departamenti rahbari Sergey Shpilko, Dedeman Holding direktorlar kengashi raisi Murod Dedeman, kengash a'zosi Rifat Dedeman, Turkiya, BAA, Marokash, Sudan va O‘zbekiston diplomatik missiyalari xodimlari ishtirok etdi.

Shuningdek, yangi mehmonxonaga yirik kompaniyalar, banklar va turistik agentliklar vakillari tashrif buyurdi.
Poytaxt shaharning Izmaylovo tumanida ochilgan ushbu mehmonxona Dedeman Park Izmailovo Moscow deb nomlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish