21:08 / 29.05.2015
12475

Mushuk Leopold va O‘lmas Kashchey ertak qahramonlari reytingi cho‘qqisini zabt etdi

Rossiyaliklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan ma'lum bo‘lishicha, ular mushuk Leopoldni eng ijobiy multfilm qahramoni deb hisoblashadi. Salbiy qahramonlar reytingida esa birinchilik O‘lmas Kashcheyga nasib qildi.

So‘rovnoma Superjob.ru portali tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazildi.
O‘lmas Kashcheyni so‘rovnomada ishtirok etganlarning 63 foizi eng salbiy qahramon deb hisoblashi ma'lum bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Yalmog‘iz kampir 47 foiz ovoz bilan egalladi. Karabas-Barabas va Barmaley esa 24 va 23 foiz ovoz to‘pladi.
Shuningdek, Zmey Gorinich va Kulrang bo‘ri, Qor malikasi va boshqa salbiy qahramonlar reytingdan o‘rin oldi.

Chet el multfilmlarining salbiy qahramonlari ichidan Volan-de-Mort (4 foiz) va Ko‘ksoqol (3 foiz) reytingga kiritildi.
Leopolddan tashqari (18 foiz ovoz), rossiyaliklar uch pahlavonni (16 foiz), Kuloyim va Vinni-Puxni (12 foizdan) eng ijobiy qahramonlar sirasiga kiritdi.
Shuningdek, Cheburashka, Krokodil Gena boshqa ertak qahramonlari “ijobiy” reytingdan o‘rin oldi.

Top