20:57 / 29.05.2015
2520

O‘zbekiston moliya vazirligida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston moliya vazirligida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vakolatxonasi xodimlari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Tadbirda, shuningdek, Turkiya moliya vazirligi, g‘aznachiligi va ijtimoiy himoya xizmati vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Turkiya islohotlar bo‘yicha moliya tizimi standartlariga muvofiq O‘zbekiston moliya sohasi ishchilarining malakasini oshirish uchun o‘quv kurslari tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, Turkiya byudjyet va g‘aznachilik tizimlarida olib borilayotgan islohotlar, byudjyet tizimi va fiskal siyosatning yuritilishi borasida fikr almashildi. Moliya sohasidagi hamkorlik, jumladan, o‘quv kurslarining tashkil qilinishi har ikki tomonga ham foyda keltirilishi ta'kidlab o‘tildi.

Top