Qozog‘iston Xitoy kapitali ishtirokida amalga oshiriladigan 30 mlrd dollarlik 48 ta loyiha ro‘yxatini shakllantirdi. Bu haqda Qozog‘iston Investitsiyalar va rivojlanish vazirining yordamchisi Zamir Sog‘inov Olma-otada bo‘lib o‘tgan Xitoy-Markaziy Osiyo fond bozorlari anjumanida ma'lum qildi.
Sog‘inovning aytishicha, Qozog‘iston Investitsiyalar va rivojlanish vazirligi Xitoy bilan investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib bormoqda. Hozirgacha to‘rtta Qozog‘iston-Xitoy yig‘ilishi o‘tkazildi, ularning yakunlariga ko‘ra tog‘-metallurgiya, kimyo, mashinasozlik va qurilish mollari ishlab chiqarish sohalarida 30 mlrd dollarlik 48 ta loyihadan iborat ro‘yxat shakllantirildi.
Sog‘inov 2005 yildan 2014 yilning 4-choragiga qadar Xitoydan Qozog‘iston iqtisodiyotiga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘ri investiyatsiyalar miqdori 13 mlrd dollarni, Qozog‘istonning Xitoy iqtisodiyotiga kiritgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investiyatsiyalari miqdori esa 345 mln dollarni tashkil etganini ma'lum qildi.