69 yoshli siyosatchi o‘zining veb-saytidagi videorolikda “Biz yagona xalq ekanligimiz borasidagi ruhiyatni qaytarishimiz lozim”, - deydi.
Pataki Nyu-York gubernatori lavozimida 1995-2006 yillarda faoliyat olib borgan.
Avvalroq respublikachilardan 7 nafari (Marko Rubio, Ted Kruz, Rend Pol va Mark Xakabi, sobiq senator Rik Santorum, Hewlett-Packard kompaniyasi sobiq rahbari Karli Fiorina, taniqli neyroxirurg Ben Karson) o‘zining prezident saylovida ishtirok etishini e'lon qilgan edi. Bundan tashqari, Florida shtatining sobiq gubernatori Jyeb Bush va Viskonsi shtatining amaldagi gubernatori Skott Uoker ham o‘z ishtirokini e'lon qilishi kutilmoqda.
Demokratlardan AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton va senator-liberal Berni Sanders ishtiroki ma'lum qilingan.
Prezident saylovi AQShda 2016 yil noyabrida bo‘lib o‘tadi.