Sport | 20:18 / 29.05.2015
1108
1 daqiqa o‘qiladi

"Roma" yozda Dumbiya va Jyervinoni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqadi

Rimning “Roma” futbol jamoasi hujumchilari Seydu Dumbiya va Jyervino mavsumlar oralig‘ida jamoani tark etishlari mumkin.

Rimliklar sport direktori Valter Sabatini kot-d-ivuarlik futbolchilarni yozgi tranfser paytida sotib yuborishi imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Jyervinoni sotib olishga BAAning “Al-Jazira” jamoasi da'vogarlik qilmoqda. Jamoa unga 14 mln yevro berishga tayyorligini ma'lum qilgan.

“Roma” Dumbiyaga Rossiyadan ijaraga olish bo‘yicha bildirilgan taklifni rad etdi, biroq futbolchini ispan yoki ingliz klublaridan biriga sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish