16:26 / 29.05.2015
1708

Rossiya samolyoti Yamandan yana 134 kishini evakuatsiya qildi

29 may kuni Rossiyaga tegishli samolyot Yamandan turli mamlakatlar fuqarolari bo‘lgan 134 kishini olib uchdi. Bu haqda Rossiya TIVga asoslanib, Interfaks nashri xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Sano shahridan havoga ko‘tarilgan bu samolyot Moskvaga kelib qo‘ngan.

"Rossiya federatsiyasi hukumati buyrug‘i asosida o‘tkazilayotgan evakuatsiyalar jarayonida 134 kishi Yamandan Moskvaga olib kelindi. Ularning 46 nafari Rossiya fuqarolari, 46 nafari esa MDH mamlakatlari fuqarolari hisoblanadi. O‘z navbatida evakuatsiya qilinganlar orasida 59 nafar yamanlik hamda 1 nafar filippinlik bor", deyiladi xabarda.

Top