O‘zbekiston | 21:03 / 29.05.2015
1948
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Minsk oralig‘idagi yangi reyslar 2 iyul kunidan boshlanadi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Minsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yangi qatnovni 2015 yilning 2 iyulidan ochishni rejalashtirmoqda.

Belarus respublikasi poytaxtiga qatnovlar yangi A320 aerobuslarida haftada ikki marta, seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

O‘ziga xos nodir diqqatga sazovor joylari va tabiat yodgorliklariga boy Belarusga sayohat qilmoqchi bo‘lgan, shuningdek Minskka ish yuzasidan tashrif buyuradiganlar uchun ham yangi qatnov katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda.

Ta'kidlanishicha, bahorgi-yozgi mavsumning yangiligi bo‘lgan muntazam Toshkent-Minsk-Toshkent qatnovi mutaxassislar mo‘ljallayotganidek o‘z yo‘lovchilariga ega bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish