Jamiyat | 20:13 / 29.05.2015
3213
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bolalar modalari festivali bo‘lib o‘tadi

2015 yilning 3 iyun kuni Toshkentdagi Yoshlar ijodi saroyida “Bolajonlar-shirintoylar” bolalar modalar festivali bo‘lib o‘tadi.

Tadbir tashkilotchilari – Osiyo Ramzi O‘zbekiston dizaynerlari uyushmasi, madaniyat va sport vazirligi, oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Oltin Qanot o‘quvchi yoshlar birlashmasi, Jasmin Art Style MChJ.

Festival moda sohasiga qiziquvchi yosh iste'dod sohiblariga o‘z salohiyatlarini namoyish qilish uchun imkon yaratib beradi. Bu yilgi tadbirda “Tantana” bolalar guruhi modellari, “Tomosha” teatri va “Kolibri” art-byuro maktabi tarbiyalanuvchilari ishtirok etadi. Har bir guruh uchun maxsus liboslar kolleksiyasi ishlab chiqilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish