Jahon | 08:25 / 29.05.2015
3136
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada kuchli vulqon otilishi tufayli odamlar evakuatsiya qilinadi

Yaponiyaning Kutinoerabu nomli orolida Kutinoerabu vulqoni otilishni boshladi. Meteorologlar tomonidan unga eng maksimal – 5 darajali xavflilik darajasi berildi.

Yaponiya hukumati ushbu holat yuzasidan shtab tashkil qildi. Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe mahalliy hokimiyat vakillari hamda mahalliy meteorologik agentlik mutaxassislari bilan shoshilinch majlis o‘tkazadi.

Vulqon og‘zidan dastlabki vulqon otilishlari meteoxizmat kameralari tomonidan mahalliy vaqt bilan 9:59 da (Toshkent vaqti bilan 05:39) qayd etildi. Kul ustuni bir necha daqiqa ichida o‘nlab metrlarga ko‘tarilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish