O‘zbekiston | 18:56 / 29.05.2015
3444
1 daqiqa o‘qiladi

Yaqin 5 yil ichida O‘zbekistonda paxtani mashinada terish ulushi 50-60 foizga yetadi

Yaqin yillarda O‘zbekistonda paxtani mashinada terish ulushi 50-60 foizga chiqadi. Bu haqda Uzbekistan Today nashri xabar bergan.

Hozirda ushbu ko‘rsatkich besh foizni tashkil etadi.

Har yili mexanizatsiyalashgan paxta terishga o‘tish uchun rejali ishlar olib boriladi va ushbu yilda joriy mavsum hosilini terish uchun Toshkent traktor zavodida ishlab chiqarilgan 1000 ta zamonaviy paxta terish mashinasi sotib olinadi.

Bugungi kunda O‘zbekistonning mashina-traktor parklarida 1232ta paxta terish mashinasi mavjud. MX 1,8 rusumidagi 807ta mashina Toshkent traktor zavodida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 425tasi AQShning Case kompaniyasi mahsuloti hisoblanadi.


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish