07:23 / 30.05.2015
5599

“Katta yettilik” Rossiyaga qarshi sankiyalarni muhokama qilishi mumkin

“Katta yettilik” (G7) Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qilishi mumkin. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest ma'lum qildi.

Ernest Rossiya “Ukrainadagi harakatlari uchun yetarlicha ziyon ko‘rganini” ma'lum qildi. Uning aytishicha, Rossiya “o‘zini kelgusida ham bunday tutadigan bo‘lsa” bu bosimni his qilishda davom etadi.

Oq uy vakili Rossiya “Ukrainaning hududiy yaxlitligini bir necha bor buzganligini” eslatib o‘tdi.

Avvalroq Rossiyaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Vladimir Chijov Rossiyaga “Mistral” vertolyot tashuvchi kemalarining yetkazib berilishi bo‘yicha bitimning bekor qilinishiga tashqi bosim sabab bo‘lgan, deb hisoblashini aytgan edi.

Top