15:14 / 30.05.2015
2887

“PSJ” prezidenti Ronalduni ham, Messini ham sotib olishi mumkinligini aytdi

“PSJ” jamoasi prezidenti Nosir al-Xaloyifiy uning klubi “Barselona” va “Real” jamoalarining bosh yulduzlari – Messini va Ronalduni sotib olishi mumkinligini aytdi.
“Messi va Ronalduni sotib olishga qurbimiz yetadi – bu fakt. Bizning klubimiz hamma narsaga qodir”, – dedi al-Xaloyifiy.
“Biz Chempionlar Ligasini yutmoqchimiz. Hozircha buning uddasidan chiqmadik, ammo keyingi uch yil davomida biz muntazam ravishda chorak final bosqichiga yetib bormoqdamiz”, – qo‘shimcha qildi u.

Top