Jamiyat | 11:33 / 30.05.2015
3350
1 daqiqa o‘qiladi

Antiislomchilar Arizonadagi masjid oldida qurolli namoyish o‘tkazishdi

Arizona shtatining Finiks shahridagi mahalliy masjidlardan birining qarshisida antiislomchilar namoyish o‘tkazishdi. Namoyishda 75 nafardan ortiq kishi ishtirok etgan va ulardan ba'zilari qurollangan holda bo‘lishgan.

"Bu Texasdagi teraktga javob sifatida tashkillashtirildi", deb yozadi Iroqdagi urush qatnashchilaridan biri va bu namoyish tashkilotchisi bo‘lgan harbiy Jon Rittsgeymer o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Qayd etilishicha, namoyish qatnashchilari o‘z qo‘llarida Islom diniga qarshi fikrlarni ifodalovchi shiorlar va AQSh bayroqlarini ko‘tarib chiqishgan.

Politsiya bu hududda nazoratni kuzatib turgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish