07:57 / 30.05.2015
3430

AQSh kompaniyalaridagi eng ko‘p maosh oluvchi ayol ijrochi direktorlar o‘ntaligi chop etildi

Equilar kompaniyasi Associated Press axborot agentligi bilan birgalikda AQSh kompaniyalarining eng katta maosh oladigan ayol ijrochi direktorlarining o‘ntaligini chop etdi.

Reytingga Yahoo vakili Marissa Mayyer boshchilik qilmoqda, uning daromadi 69 foizga, ya'ni 49,1 mln dollargacha o‘sgan. 2-o‘rinni TJX kompaniyasidan Kerol Meyrovits egalladi, uning daromadi 13 foiz, ya'ni 23,3 mln dollargacha oshgan. 3-o‘rinni Hewlett-Packard ijrochi direktori Margaret Uitmen 19,6 mln dollarlik daromad bilan band etdi.

Yuqori beshtalikka PepsiCo kompaniyasi ijrochi diretori Indra Nuyi ham kirdi, uning daromadi 45 foizga o‘sib, 19,1 mln dollarni tashkil qilmoqda. 5-o‘rinni Fibi Novakovich (General Dynamics) 19 mln dollarlik daromad bilan egallamoqda (daromadi 1 foizga kamaygan).

6-o‘rinni Virjiniya Rometti (IBM, 17,9 mln dollar), 7-o‘rinni Merilin Xyuson (Lockheed Martin, 17,9 mln dollar), 8-o‘rinni Patrisiya Vurts (Archer Daniels Midland, 16,3 mln dollar), 9-o‘rinni Iren Rozenfeld (Mondelez International, 15,9 mln dollar) hamda 10-o‘rinni Ellen Kullman (DuPont, 13,1 mln dollar) egallamoqda.

Equilar va Associated Press AQShning yetakchi kompaniyalarining 340 ijrochi direktorlari orasidan 17 nafari ayollar ekanligini aniqladi. Tadqiqotchilar bu holat AQSh kompaniyalarida ayol rahbarlar erkaklarga nisbatan kamroqni tashkil qilishining yana bir isboti bo‘lganini aytishmoqda.

Top