19:50 / 30.05.2015
5030

AQShlik erkakka o‘lgan odamning yuzi ko‘chirib o‘tkazildi

AQShlik 39 yoshli Richard Norrisga o‘lgan odamning yuzi ko‘chirib o‘tkazildi. Norrisga avtohalokatda halok bo‘lgan 21 yoshli Joshua Aversanoning yuzi ko‘chirib o‘tkazildi. Bu haqda Metro portali xabar bermoqda.

Yuzni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya 36 soat davom etdi, bundan keyin mijozning yashab ketishi 50 foizni tashkil qilgan.

Richard 1997 yilda o‘zining boshiga beixtiyor o‘q uzganda yuziga shikast yetkazgan edi. U 30 dan ortiq plastik jarrohlik operatsiyalarini boshidan o‘tkazgan, biroq kutilgan natijaga erisha olmagan. Unga halok bo‘lgan o‘smirning oilasi yordam berdi. Ular o‘z farzandlarining yuzini ko‘chirib o‘tkazishga rozi bo‘lishdi.
“Biz og‘ir judolikni boshimizdan o‘tkazgan bo‘lsak ham unga yordam berganimizdan juda xursandmiz”, deb aytdi halok bo‘lgan o‘smirning onasi.
Ayol qandaydir ma'noda Richardda o‘z farzandini ko‘ra olishi mumkinligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Bu voqea haqida CTV News telekanali bir soatlik film suratga oldi. Unda Joshua Aversanoning singligisi Richard bilan tanishishga keladi. Ko‘rsatuv anonsida qiz Richardning uyiga kiradi, uning yangi yuzini ko‘rib, unga qo‘lini tekkazib ko‘rishni so‘raydi. “Men bu yuz yonida o‘sgandim”, deydi qiz. Film 31 mayda AQShda namoyish etiladi.
Ma'lumot uchun, odamzod tarixida ilk bor rossiyalik dasturchiga bosh ko‘chirib o‘tkaziladi. Bu operatsiya 2017 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 30 yoshli rossiyalik orqa mushak atrofiyasi sindromidan aziyat chekadi.

Top