14:01 / 30.05.2015
3105

Atambayev: Qirg‘izistonliklar sifatsiz ta'lim tufayli jangari guruhlarga qo‘shilmoqda

Suriyadagi jangari guruhlar quchog‘iga oshiqayotgan qirg‘izistonliklarga yetarli darajada ta'lim-tarbiya berilmagan. Bu haqda 27 may kuni Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Aravon tumani aholisi bilan o‘tkazilgan suhbat chog‘ida ma'lum qildi.
Atambayevning fikricha, yaxshi ta'lim ko‘rmagan yoshlar ongiy hujumlarga dosh bera olmay, jangarilar ta'siri ostiga tushib qolmoqda. Shu bois davlat yetakchisi odamlarni bolalarining tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratishga chorladi.
2011 yildan buyon Suriyaga harbiy harakatlarda ishtirok etish 350 Qirg‘iziston fuqarosi yo‘l olgan, ularning 31 nafar o‘ldirilgan.

Top