11:37 / 30.05.2015
6294

Yerdagi ba'zi hududlar olimlar taxmin qilganidan ko‘ra tezroq suv ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin

Dunyo okeani sathi avval taxmin qilingandan tezroq sur'atda ko‘tarilayotgani aniqlandi. Bu kelajakda ba'zi yerlarga jiddiy xavf solmoqda. Bu haqda Britaniyaning Metro nashrida ma'lum qilindi.

Avval olimlar oxirgi 20 yil ichida dunyo okeani sathi o‘sish sur'ati sekinlashayotganini taxmin qilishgandi, biroq Tasmaniya universitetida olingan yangi tadqiqot natijalari buning aksini ko‘rsatmoqda.

Geodeziyachi Kristofer Uotson va uning hamkasblari bu holatni eski ma'lumotlarni o‘zlarining o‘tgan yildagi dunyo iqlimi o‘zgarishlari haqidagi hisobotlari natijalari bilan solishtirib isbotlashga muvaffaq bo‘lishdi.

“Dengiz sathi tez sur'atlarda ko‘tarilmoqda. Bu jarayon oxirgi 20 yil ichida 20 asrga nisbatan tezlashganini aniqladik va u tezlashishda davom etmoqda”, deb aytdi Uotson.

Bu Maldiv orollari kabi yerlar birinchi bo‘lib suv ostida qolishi mumkinligi anglatadi.
Bu orollar dengiz sathidan bor-yo‘g‘i 1,5 metr balandlikda joylashgan. BMT orollar aholisini o‘z joylarini tashlab ketishlariga majbur bo‘lishlari mumkinligidan ogohlantirgan.

Tuvalu va Polineziya orollari ham xavf ostida qolmoqda. Ekspertlar dengiz sathi yana bir metrga ko‘tarilsa, Bangladeshning yarmi suv ostida qolishini prognoz qilishmoqda. Olimlar dengiz sathining ko‘tarilishiga global issiqlik sabab bo‘layotganini aytishmoqda.

Top