17:03 / 30.05.2015
3510

Futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatining FIFA tashkiliy qo‘mitasi tarkibi tasdiqlandi

Futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatining UYeFA rahbari Mishel Platini boshchiligidagi FIFA tashkiliy qo‘mitasi tarkibi tasdiqlandi.

2018 yilgi Jahon chempionati uchrashuvlari 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuligacha Rossiyaning 11 ta shahri: Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Nijniy Novgorod, Saransk, Kaliningrad, Volgograd, Yekaterinburg, Samara, Sochi va Rostovdagi jami 12 ta stadionda o‘tkaziladi.
Tashkiliy qo‘mita tarkibiga 9 nafar kishi kiritildi: Mishel Platini (rais), Marko Polo Del Nero (rais o‘rinbosari), Issa Xayyatu, Devid Chung, Alfredo Xavit Banegas, shayh Salmon ibn Ibrohim al-Xalifa, Xuan Anxel Naput, Vitaliy Mutko va Aleksey Sorokin.

Top