Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 09:03 / 30.05.2015
3427
1 daqiqa o‘qiladi
Gari Lineker: Blatterga ovoz bergan FIFA a'zolarining hammasi futbolga xiyonat qilishdi
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker Yozef Blatterning FIFA prezidentligiga qayta saylanishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Blatterning qayta saylanishi oldindan ma'lum edi. Unga ovoz bergan FIFAning barcha a'zolari futbolga xiyonat qilishdi. Blatter boshqarayotgan qayiq allaqachon suvga cho‘kib bo‘lgan.
Bu vaziyatda birdan bir chora, yetakchi mamlakatlar futbol federatsiyalari FIFA tarkibidan chiqib ketishlari kerak”, - deydi Lineker.