15:42 / 30.05.2015
2033

Inesta “Barselona” hujum uchligini “dunyodagi eng kuchli” deb sanaydi

“Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta klubning hujum uchligini “dunyodagi eng kuchli” deb atadi.
“O‘ylashimcha, bugungi kunda jamoamizda dunyoning eng kuchli hujumchilari to‘plangan. Messi, Suares va Neymar shubhasiz eng kuchli hujumchilar sirasidan. Men tengsiz hujum chizig‘i bilan birga to‘p surish baxtiga muyassar bo‘ldim”, – dedi Inesta.
“Umid qilamanki, “Barselona”ning kelajagi bugungi kunidan ham yaxshiroq bo‘ladi, chunki bu forvardlar hali ancha yosh, ular ulkan salohiyatga ega”, – qo‘shimcha qildi u.

Top