O‘zbekiston | 16:41 / 30.05.2015
3783
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekistonga 415 mln kredit beradi

Janubiy Koreya iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi (EDCF) 2015-2019 yillarda O‘zbekistonga 415 mln dollar miqdorida kredit taqdim etadi. Bu haqda O‘zbekiston moliya vazirligiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, bu hajm O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlik dasturida nazarda tutilgan. Dastur O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning 27-29 may kunlari Janubiy Koreyaga uyushtirgan safari doirasida imzolangan.
Jamg‘arma mablag‘lari asosida Toshkentda zamonaviy ko‘p ixtisoslikka ega yuqori malakali tibbiy markaz, “elektron hukumat” tizimi davlat axborot markazi va boshqa muassasalar binolari quriladi.

Bugungi kunga qadar jamg‘arma O‘zbekistonga telekommunikatsiya, ta'lim va ijtimoiy sohalar uchun 300 mln dollar kredit taqdim qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish