13:50 / 30.05.2015
3177

Lloyd’s Register Group Limited O‘zbekistonda ishlamoqchi

O‘zbekistonga Britaniyaning Lloyd’s Register Group Limited kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Janubi-Sharqiy Yevropa departamenti menejyeri Sebastyan Buka boshchilik qildi.
Bukaning “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida aytishicha, delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad ushbu mamlakatda kompaniyaning biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqishdir. Birinchi navbatda respublikadagi savdo-iqtisodiy va investitsion muhit bilan tanishish maqsadi ko‘zlangan.
“Kompaniyamizning moliyaviy ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha tajribasi o‘zbekistonlik hamkasblarimizga qo‘l keladi deb umid qilamiz. O‘zbekiston tomoni ham biz bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqmoqda”, – deb ta'kidladi Buka muloqot chog‘ida.

Top