Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:56 / 30.05.2015
2757
1 daqiqa o‘qiladi
Misrdagi YTH oqibatida 13 nafar harbiy xizmatga chaqirilgan yigit halok bo‘ldi
Misrning Beni-Sueyf viloyati hududida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berib, 16 kishi halok bo‘ldi.
Qurbonlarning 13 nafari Misr Qurolli kuchlari tomonidan harbiy xizmatga olib ketilayotgan yigitlar bo‘lgan. Bu haqda mahalliy sog‘iqni saqlash xizmatlariga asoslangan holda Reyter nashri xabar berdi.
Bu hodisada politsiya mashinasi, mikoavtobus hamda taksi o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan. 16 kishi halok bo‘lishidan tashqari yana 4 kishi jarohatlangani aytilmoqda.