20:56 / 30.05.2015
9827

Rossiya hujumchi samolyotlari o‘z chegarasi yaqinidan AQSh esminetsini siqib chiqardi

Rossiya Qora dengiz floti Su-24 hujumchi samolyotlari Rossiyaning suv chegaralari yaqinida suzib yurgan AQShning “Ross” esminetsini neytral suvlarga chekinishga majbur qildi. Bu haqda Qrim kuch tuzilmalaridagi manba xabar bermoqda.

AQSh kemasi Ruminiyaning Konstansa portidan chiqishi bilanoq Rossiyaning territorial suvlariga qarab yo‘l oldi. Kema Rossiyaning suv chegaralari chetlari bo‘ylab suzib yurdi, uning harakatlari “g‘alamiskorona va tajovvuzkorona” ko‘rinishda bo‘lgan.
Qora dengiz qo‘mondonligi “chegarani buzganlik uchun qattiq jazolashga va mamlakatning manfaatlarini himoyalashga tayyorgarlikni” namoyish qilish uchun Su-24 hujumchi samolyotlarini havoga ko‘tarishga qaror qildi.
Ma'lumot uchun, 2014 yilning aprelida Su-24 samolyoti AQShning havo hujumiga qarshi mudofaa elementlariga ega eng zamonaviy “Donald Kuk” esminetsidagi barcha apparaturani “o‘chirib” qo‘ygan edi.

Top