18:20 / 30.05.2015
3417

Saakashvili Odessa gubernatori etib tayinlandi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Gruziyaning sobiq prezidenti, o‘z maslahatchisi Mixail Saakashvilini Odessa viloyati gubernatori etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda uning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Hujjatdan ma'lum bo‘lishicha, Odessa viloyati gubernatori Igor Palitsa lavozimidan ozod qilingan. Uning o‘rnini esa Saakashvili egallagan.

Top