Jamiyat | 20:04 / 30.05.2015
11303
1 daqiqa o‘qiladi

Tulada oilani tig‘dan o‘tkazgan qotil O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aniqlandi

Tula viloyatidagi Kosaya Gora qishlog‘ida bir oilaning 5 nafar a'zosini o‘ldirgan 30 yoshli qotil O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aniqlandi.
Qotillik shanbaga o‘tar kechasi shaxsiy uylardan birida sodir bo‘ldi. Aniqlanishicha, qotil ilgari o‘ldirilgan ayollardan biri bilan birga yashab kelgan. Orada kelib chiqqan kelishmovchilik tufayli jahl ustida erkak ayolni, uning 5-10 yosh orasidagi o‘g‘li va 2 qizini hamda onasini o‘ldirgan. Faqatgina halok bo‘lgan ayolning eri va 7 yoshli bolasi tirik qolgan.
Hozirlikda, Interfaks agentligining xabar berishicha, jinoyatchi o‘z aybini tan olgan holda ko‘rsatma bermoqda. Jinoyat motivlari hozircha aniqlanmagan.
Tula viloyati gubernatori Vladimir Gruzdev jinoyat ishi bo‘yicha tergovni o‘z nazorati ostiga oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish