Jamiyat | 13:14 / 30.05.2015
2718
1 daqiqa o‘qiladi

Tulada bir oilaning 5 nafar a'zosi o‘ldirib ketildi, ulardan 3 nafari bolalar

Tuladagi shaxsiy uylardan birida 5 kishining jasadi topildi. Mintaqa ichki ishlar boshqarmasi rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, jasadlarning 2tasi ayollarga, 3tasi bolalarga tegishli.

Voqea 30 may kuni Kosaya Gora qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Ma'lum bo‘lishicha, jinoyatchi shaxsiy uyga bostirib kirib, u yerdagi odamlarga hujum qilgan. U pichoq bilan qurollangan, shuningdek, boshqa qurollarni ham ishlatgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Natijada 2 nafar ayol, 3 nafar bola o‘ldirilgan. Oilaning yana 2 nafar a'zosi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, ulardan biri boladir.
Jinoyatni sodir etgan shaxs qo‘lga olindi. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra ma'lum bo‘lishicha, qotilliklarni sodir etgan 30 yoshli erkak O‘rta Osiyo davlatlaridan birining fuqarosidir.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish