Jahon | 18:06 / 30.05.2015
5489
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada 8.5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiyada magnitudasi 8.5 ballga teng zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.
Yer osti silkinishlari Kanto mintaqasida, Tokio shahri joylashgan Xonsyu orolida qayd etildi. Zilzila o‘chog‘i yer ostida 590 km chuqurlikda joylashgan.
Ogasavara zilzila markazining ma'lumotlariga qaraganda, sunami xavfi yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish