Jahon | 15:51 / 30.05.2015
2850
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyadagi “Fukusima-1” atom stansiyasida radioaktiv suv oqib ketdi

Yaponiyadagi avariya holatidagi “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidan katta miqdorda radioaktiv zarralarga ega suyuqlik oqib chiqib ketdi. Bu haqda stansiyaga operatorlik qiluvchi Tokyo Electric Power (TEPCO) kompaniyasiga iqtibos keltirgan holda “TASS” axborot agentligi xabar bermoqda.

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, suv AESdagi binolardan biri bilan radioaktiv suv solingan sisternani bog‘lovchi shlangalarning biridan chiqib ketgan. Tekshiruv o‘tkazilganda shlangada kichkina yoriq borligi aniqlangan va shikastlangan joy yangisi bilan almashtirilgan. TEPCO da yuqori radioaktiv suyuqlik oxirgi ikki kun davomida oqib yotgan bo‘lishi mumkinlni aytishmoqda. Sizib chiqqan suvning umumiy hajmi aniqlanmagan. Ayni paytda mutaxassislar qolgan shunday shlanglarni ham ularda nuqsonlar borligiga ko‘zdan kechirib chiqmoqdalar.

Suv oqib ketgan joydan olingan namunada radioaktiv zarrachalar miqdori 1,4 ming bekkerelni tashkil qilgan, okeanga oqiziladigan suvda bu ko‘rsatkich 30 bekkerel qilib o‘rnatilgan. Bundan tashqari, sizib chiqqan suvning bir qismi okeandan maxsus himoyalovchi to‘siqlar bilan o‘ralgan stansiya portiga tushgan.

Katta hajmdagi yuqori radioaktiv suvlar “Fukusima-1” AESidagi falokatni bartaraf etuvchilarga muammo tug‘dirayotgan asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Ayni paytda stansiyadagi reaktorlarni sovitish jarayonida olingan radioaktiv zarrachalarni saqlovchi suyuqlik hajmi kuniga 350 tonnaga ortib bormoqda – TEPCO mutaxassislari uni muntazam ravishda maxsus yerostidagi omborxonalarga tortib olishlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish