Jahon | 15:32 / 31.05.2015
3178
1 daqiqa o‘qiladi

“Aviadarts-2016” tanlovida Hindiston, Misr, Pokiston va Armaniston harbiy uchuvchilari ishtirok etadi

2016 yili “Aviadarts” xalqaro havo mahorati tanlovida Hindiston, Misr, Pokiston va Armaniston harbiy havo kuchlari ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Rossiya harbiy havo kuchlari bosh qo‘mondoni general-polkovnik Viktor Bondaryovga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Bondaryovning so‘zlariga qaraganda, yana yetti mamlakat vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish