Sport | 15:38 / 31.05.2015
2734
1 daqiqa o‘qiladi

“Real” mutasaddisi Benitesni ishga taklif qilishi qisman tasdiqlandi

Madridning “Real” jamoasi prezidentining o‘rinbosari Eduardo Fernandes de Blas keyingi mavsumdan klub Rafael Benites bilan hamkorlik qilishini aytib qo‘ydi.
“Uch kun burun Karlo Anchelotti, ikki yil oldin esa Joze Mourinyu dunyodagi eng yaxshi murabbiy edi. Yangi haftadan bu maqomga Rafa Benites ega bo‘ladi”, – dedi u tantanali marosimlardan birida.
“Real” bilan 2014 yilgi Chempionlar Ligasini yutib olgan Anchelotti 25 may kuni ishdan bo‘shatildi. Benites esa oxirgi ikki mavsum davomida Italiyaning “Napoli” jamoasiga murabbiylik qilib keldi. Uning Anchelottidan keyin “Real”ga murabbiylik qilishi ommaviy axborot vositalarida taxmin qilib kelinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish