10:58 / 31.05.2015
2403

“Shaxtyor” Chempionlar Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Donetskning “Shaxtyor” jamoasi Ukraina premer-ligasining 26-turida “Karpat” bilan durang hisob qayd etib (2:2), mavsum yakunlariga ko‘ra turnir jadvalida 2-o‘rinni egalladi.
Uchinchi o‘rin sohibi “Dnepr” jamoasi “Goverla” golsiz durang qayd qilgani bois “Shaxtyor”dan ikki ochkoga ortda qoldi.
Shu tariqa, “Shaxtyor” mamlakat chempioni, Kiyevning “Dinamo” jamoasi bilan birgalikda Yevropa keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

Top