Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev Saakashvilining gubernator etib tayinlanishini “Shapito-shou”ga qiyosladi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining Odessa gubernatori etib tayinlanishiga munosabat bildirdi.
“Saakashvili – Odessa viloyati gubernatori. Shapito-shou davom etadi. Bechora Ukraina”, – degan yozuv qoldirdi u Tvitterdagi sahifasida.
30 may kuni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Saakashvilini Odessa viloyati gubernatori etib tayinlagan edi. Bu qaror Rossiya TIV inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan tanqidga olingandi.
Ilgariroq Saakashvili jamoatchilik asosida Ukrainada islohotlar o‘tkazish bo‘yicha xalqaro maslahat kengashiga rahbarlik qilgan edi. Mamlakat hukumati tarkibiga kirish haqidagi taklifga rad javobini berdi.
Gruziyada esa Saakashvili davlat mulkini talon-toroj qilishda ayblanib, qidiruvga berilgan.
Shapito-shou – 2012 yili katta ekranlarga chiqqan kinokomediya.