O‘zbekiston | 15:23 / 31.05.2015
4192
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda Jahon bankining 376.7 mln dollarlik loyihasi amalga oshiriladi

2016-2021 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida Bo‘ston magistral kanali quriladi. Uning uzunligi 70 km bo‘lib, sekundiga 105 kubometr suv o‘tkazishga qodir bo‘ladi.
Shuningdek, “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi doirasida Jahon banki tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlar vositasida Tuyamo‘yin kanalining 31.1 km li uchastkasi, Paxtaarnaning 27.5 km li uchastkasi qayta tiklanadi, gidrotexnik inshootlar ta'mirdan chiqariladi.
Loyihaning umumiy qiymati 376.7 mln dollarni tashkil qiladi.
Ta'kidlanishicha, uning amalga oshirilishi 544 dona nasos agregatlarining to‘xtatilishi hisobiga yiliga 14 mlrd 530 mln so‘m tejashga yordam beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish