16:42 / 31.05.2015
15722

Toshkentda jamoat transporti qatnovi susaygani ma'lum qilindi

“Toshshaxartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent shahrida jamoat transporti qatnovining susayganini ma'lum qildi. Bu boradagi rasmiy bayonot tashkilotning rasmiy saytida e'lon qilindi.
“Yoqilg‘i yetkazilishining 30 foizga qisqarishi munosabati bilan avtobuslar qatnovi orasidagi tanaffus ko‘paytirilishi mumkin”, – deyiladi e'londa.
Korxona ushbu noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, bugun ertalabdan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari jamoat transportlarining grafikdan kechikayotganiga e'tibor qaratishgan edi. Endilikda bu holat “Toshshaxartransxizmat” tomonidan rasman tasdiqlandi.
Grafikdan ortda qolish qachongacha davom etishi va vaziyat qachon o‘nglanishi haqida hozircha hech qanday ma'lumot berilmadi.

Top