10:31 / 01.06.2015
3895

“Alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste'mol qilishni cheklash to‘g‘risida”gi qonun kutilgan natijani bermaganligi aytildi

O‘zbekistonda ish soatlarida tamaki mahsulotlarini iste'mol qilishni man qilish taklif qilinmoqda. Bu taklif “Novosti Uzbekistana” nashri tomonidan ma'lum qilindi.
“2012 yili mamlakatimizda “Alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste'mol qilishni cheklash to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi, – deyilada maqolada. – Bu dolzarb hujjatga katta umidlar bog‘langan edi, u tamaki chekuvchilar sonining kamayishiga olib keladi deb ishonilgan edi. Ammo oradan uch yil o‘tib, bu umidlar oqlanmaganini tan olish kerak”.
31 may kuni dunyo bo‘ylab tamakisiz kun nishonlanadi. Bu bayram tamakiga qarshi kurashuvchi davlatlarni birlashtirib turadi. Bu davlatlar ichida O‘zbekistonning ham borligi nashrda alohida qayd etib o‘tildi.

Top