Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2 iyundan O‘zbekistonda “Ekologiya haftaligi-2015” boshlanadi
2 iyun kuni “Toshkent-Plaza” san'at markazida Xalqaro atrof muhit kuniga (5 iyun) bag‘ishlangan “Ekologiya haftaligi-2015” boshlanadi.
Tadbir doirasida Botanika bog‘ini qayta tiklash va obodonlashtirish bo‘yicha vazirliklar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari e'lon qilinadi va mukofotlanadi. Nominatsiyalar “Eng yaxshi sektor” va “Eng yaxshi uchastka” deb ataladi.
Shuningdek, tadbir doirasida ilmiy-amaliy ko‘rgazma o‘tkaziladi. U to‘rt yo‘nalishga bo‘linadi: “O‘zbekiston fani. Ekologiya texnologiyalari va innovatsiyalari”, “Ekologik xavfsiz va sertifikatlangan mahsulot”, “Yashil energiya”, “Ekologik ta'lim”.